YUKSAK NATIJA — KENG IMKONIYAT!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining 2-bosqich 205-guruh bitiruvchisi MAHMADALIYEVA NILUFAR BAXTIYOR QIZI xalqaro baholash tizimlarida yuksak natijalarga erishdi.
U College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) xalqaro imtihonidan 1220 ball, shuningdek, ingliz tili fanidan B2 daraja, ona tili va adabiyot fanidan B daraja hamda matematika fanidan C darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuqlar asosida Mahmadaliyeva Nilufarni muddatidan oldin, qo‘shimcha davlat granti asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun:
SAT imtihonida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 75 foizi (1200 ball va undan yuqori) natijani qo‘lga kiritgan abituriyentlar sertifikat berilgan fanlar oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlari tarkibida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ushbu yutuq — Nuriston akademik litseyida ta’lim sifati, ustozlar mehnati va o‘quvchilarning izchil mehnati samarasidir.
Mahmadaliyeva Nilufar Baxtiyor qizini va uning ota-onasi hamda ustozlarini ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
