Natija gapiradi!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining Xorijiy tillar yo‘nalishi 2-bosqich 211-guruhi bitiruvchisi NASRIDDINOVA LATIFA ALISHEROVNA
oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 189 BALLNI qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi.
Latifa quyidagi fanlardan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi:
✅ Ona tili va adabiyoti – A daraja
✅ Ingliz tili – B2 daraja
✅ Matematika - C+ daraja
✅ Tarix – C+ daraja
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi jamoasi o‘quvchimizni ushbu yuksak natijasi bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ta’lim bosqichlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilaydi.
Mazkur yutuq o‘quvchining tirishqoqligi va puxta bilimlari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onasining ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz.
Ushbu muvaffaqiyatga erishishda hissasi bo‘lgan barcha ustozlar va ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
