Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4910-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” fan olimpiadalari hamda “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur fan olimpiadalarida 400 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, 13 ta umumta’lim fanlari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, ona tili va adabiyoti, tarix, huquqshunoslik, geografiya, ingliz tili, nemis tili, rus tili hamda fransuz tili fanlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. “Ochiq eshiklar” kuni doirasida ishtirokchilar akademik litseyda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, laboratoriya xonalari, axborot texnologiyalari imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qo‘shimcha to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bellashuvlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan pul mukofotlari, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularni kelgusida akademik litsey ta’limiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.