YOSHLAR YUTUG‘I — E’TIBOR VA E’TIROF MARKAZIDA

YOSHLAR YUTUG‘I — E’TIBOR VA E’TIROF MARKAZIDA

YOSHLAR YUTUG‘I — E’TIBOR VA E’TIROF MARKAZIDA

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida muhim natijalarga erishdilar. Mazkur qarorning 11-bandi asosida akademik litsey bitiruvchilari 4-semestr davomida chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan bepul test sinovlarida faol ishtirok etdilar hamda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar: Natijalarga ko‘ra: Ingliz tili fanidan 4 nafar bitiruvchi C1 darajali milliy sertifikat talabini bajardi; 42 nafar bitiruvchi esa B2 darajali sertifikat sohibiga aylandi. Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan aprel oyida tashkil etilgan fanlarni bilish darajasi bo‘yicha sinovlar natijasida: tarix fanidan — 96 nafar, biologiya fanidan — 32 nafar, fizika fanidan — 34 nafar o‘quvchi turli darajadagi sertifikatlarga sazovor bo‘ldilar. Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan akademik litseyda o‘tkazilgan ertalabki saflanish tadbirida ushbu sertifikatlar o‘quvchilarga tantanali ravishda topshirildi. Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, izlanishi va erishayotgan muvaffaqiyatlari — mamlakatimiz kelajagi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Sertifikat sohiblarini muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi o‘qish hamda faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!