Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning III bosqichi 1-guruh fanlariga start berilmoqda.
(https://t.me/olimpdep/4391 Olimpiada sinovlari test va yozma ish shaklida tashkil etiladi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etadi.
