TalabaExpo–2026
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi o‘quvchilari “TalabaExpo–2026” kasblar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirda talabalar tomonidan yaratilgan texnik ishlanmalar, innovatsion loyihalar, IT dasturlar, startap g‘oyalar hamda amaliy ijod namunalari keng namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma yoshlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar turli sohalar bo‘yicha yangicha yondashuvlar, innovatsion g‘oyalar va amaliy ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning kelgusida o‘z kasbini ongli tanlashi hamda ilm-fan va texnologiya sohalariga qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“TalabaExpo–2026” ko‘rgazmasi ta’lim, innovatsiya va yoshlar tashabbuslarini uyg‘unlashtirgan muhim maydon sifatida akademik litsey o‘quvchilarida katta taassurot qoldirmoqda.
