Aprel oyi sarhisobi

Aprel oyi sarhisobi

Aprel oyi sarhisobi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida an’anaviy aprel oyi natijalari yuzasidan taqdirlash marosimi hamda 1-kurs o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi tashkil qilindi. Aprel oyida o‘tkazilgan ichki test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek aprel oyi davomida turli tadbirlarda - ilmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar e’tirof etildi. Shu kunning o‘zida 1-kurs o'quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi ham tashkil qilinib, kelgusidagi vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib olindi.