5 muhim tashabbus

5 muhim tashabbus

5 muhim tashabbus

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” ijrosi doirasida Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlari uchun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga madaniy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida tomoshabinlarga rejissyor Nasif Uslu tomonidan sahnalashtirilgan “Yolg‘onchining rasmi” nomli kinokomediya namoyish etildi. Spektakl teatr jamoasi tomonidan yuqori badiiy saviyada ijro etilib, unda jamiyatimizda uchrayotgan dolzarb muammolar satira va yumor vositasida ochib berildi. Mazkur sahna asari litsey jamoasida katta taassurot qoldirib, yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmatini mustahkamlash, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, ushbu mazmunli va yuksak saviyadagi sahna asarini taqdim etgan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlariga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Tadbir yakunida bunday madaniy tashriflar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, estetik didini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.