Ilm-fan qanday shakllangan va hozirda qanday foydalanilmoqda?
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Ilm-fan qanday shakllangan va hozirda qanday foydalanilmoqda?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ilm-fanning tarixiy shakllanish bosqichlari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda bugungi kunda turli sohalarda qo‘llanilish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy mulohazalar bildirildi.
Davra suhbatida quyidagi mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar:
P.R.Qurbonov – Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari doktori (DSc)
N.Farmonov – Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Jonimqulov Sarvar – Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi (onlayn)
Rahmatillayev Sultonbek – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabasi (onlayn)
Tadbir davomida ilm-fanning jamiyat rivojidagi ahamiyati, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda bu kabi ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
