"YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN REKTOR STIPENDIYALARI TOPSHIRILDI.

"YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN REKTOR STIPENDIYALARI TOPSHIRILDI.

"YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN REKTOR STIPENDIYALARI TOPSHIRILDI.

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida akademik litseyning 2-bosqichida tahsil olayotgan 10 nafar iqtidorli, bilimli hamda faol o‘quvchilarga universitetning "Rektor stipendiyasi" topshirildi. Stipendiyalarni Qarshi davlat texnika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Chorshanbiyev topshirib, o‘quvchilarni ushbu yutuq bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida katta hissa qo‘shayotgan ota-onalarga ham minnatdorchilik bildirildi. Ota-onalar so‘zga chiqib, universitet rahbariyati va akademik litsey jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Mazkur tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada yuqori natijalarga rag‘batlantirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi!