ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZILDI.
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yulduzlarga, tafakkur bilan kelajak sari” mavzusida ilmiy-nazariy kecha tashkil etildi. Tadbirda Qarshi davlat texnika universitetining “Tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Nuriston akademik litseyi pedagog-xodimlari va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi mavzularda qiziqarli va ilmiy-nazariy ma’ruzalar taqdim etildi: • insoniyatning ilk yulduzli qadami: Gagarindan hozirgacha • nanotexnologiyalar: kichik olamdagi buyuk imkoniyatlar • kosmik texnologiyalar va zamonaviy hayot • koinotning yagona qonuni • kosmos va kelajak • nanotrubkalar — kelajak materialining mo‘jizasi • O‘zbekistonda kosmonavtika taraqqiyoti Tadbir ishtirokchilariga ilmiy kashfiyotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda kelajak fanlari bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Bunday tadbirlar yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning tafakkurini kengaytirish va kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...