TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZILDI

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tarixiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda akademik litsey ijtimoiy fanlar kafedrasi tarix fani o‘qituvchisi D.Halimova tomonidan “Temuriylar davrida oila masalasi” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruzada Amir Temurning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibori hamda tarixiy shaxs sifatida ulkan bunyodkorlik va boy madaniy-ma’rifiy meros qoldirgani alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida zamonaviy ijodkorlar asarlarida Amir Temur siymosining badiiy talqini o‘quvchilar tomonidan ifodali tarzda madh etildi. Shuningdek, “Sohibqiron” dramasidan olingan sahna ko‘rinishlari orqali buyuk ajdodimizning ibratli hayot yo‘li va jasorati namoyish etildi. Tadbir yakunida “Amir Temur – ma’naviy qudratimiz ramzi” mavzusida o‘tkazilgan insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari maqtov yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...

...

Yoshlar kuni

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati b...