XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus tili fani o‘qituvchilari va o‘quvchilari xalqaro metodik seminar (vebinar)da ishtirok etdi. Mazkur vebinar Qozog‘iston Respublikasining Almati shahridagi 18-gimnaziyasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, Germaniyaning Ideas into Energy gGmbH hamda Eclareon GmbH konsalting kompaniyalari hamkorligida “SOLNECHNAYA SHKOLA (Quyosh maktabi)” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Tadbirda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Vebinar davomida xalqaro tajribalar almashinuvi amalga oshirilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or metodikalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...
Yoshlar kuni
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati b...