Yoshlar kuni
Yoshlar kuni
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, kapitan Sh.Egamberdiyev, ushbu bo‘lim tezkor vakili A.Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona instituti kursanti O.Yaxshiboyev ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan yoshlarga kontrabandaga qarshi kurashishda ularning o‘rni va mas’uliyati, shuningdek giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir interaktiv muloqot shaklida o‘tib, o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...