Ota-onalar yig‘ilishi va taq...

Ota-onalar yig‘ilishi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 2-bosqich bitiruvchilarining ota-onalar yig‘ilishi hamda taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonda erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar, Bilim va malakalarni baholash agentligining diagnostik test sinovlarida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar, ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha diagnostik testda yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar, shuningdek,"Zakovat" musobaqasi g'oliblari va ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash hamda ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirning keyingi qismida barcha guruhlarda alohida ota-onalar yig‘ilishlari o‘tkazilib, o‘quvchilarning o‘qish jarayoni, intizomi, davomat holati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Yig‘ilishlar yakunida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur tadbir o‘quvchilarni yanada yuksak natijalarga undash, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qildi.

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...

...

Yoshlar kuni

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati b...