Yoshlar kuni

Yoshlar kuni

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi o‘quvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan fanlarni bilish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan milliy sertifikat sinovlarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Jumladan, matematika fanidan 104 nafar, kimyo fanidan 21 nafar va geografiya fanidan ham 21 nafar o‘quvchi turli darajadagi milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan ertalabki saflanishda mazkur sertifikatlar tantanali topshirildi. Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar taqdirlanib, ularni tayyorlagan ustozlar hamda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalariga alohida minnatdorchilik bildirildi. Mazkur yutuqlar litseyda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasi ekanligi ta’kidlandi.

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...

...

Yoshlar kuni

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati b...