Natija gapiradi!
Natija gapiradi!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining xorijiy tillar yo‘nalishi 2-bosqich 211-guruhi bitiruvchisi RO‘ZIMAMATOVA NOZIMAXON HALIM QIZI oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 189 BALLNI qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Nozimaxon quyidagi fanlardan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi: ✅Ona tili va adabiyoti – A ✅Ingliz tili – B2 ✅Matematika – C+ ✅Tarix – C+ Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi jamoasi o‘quvchimizni ushbu yuksak natijasi bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ta’lim bosqichlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilaydi. Mazkur yutuq o‘quvchining tirishqoqligi va puxta bilimlari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onasining ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu muvaffaqiyatga erishishda hissasi bo‘lgan barcha ustozlar va ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...