“Milliy qadriyatlar – millatning tarixiy, ma’naviy merosi”
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda akademik litseyning tajribali ustozlari ishtirok etib, yoshlarga milliy qadriyatlarimizning ahamiyati, tarixiy meros va ma’naviy boyliklar haqida muhim fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Yoshlarimiz milliy urf-odat va an’analarga hurmat bilan qarashni, ularni asrab-avaylashni o‘rgandilar.
Yoshlar kuni – kelajak avlod uchun ma’naviy va ma’rifiy dasturdir!
