Diagnostik test sinovlari

Diagnostik test sinovlari

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatiga mos namunaviy test topshiriqlari asosida navbatdagi diagnostik test sinovlari tashkil etildi. Mazkur diagnostik test sinovlari davomida akademik litsey bitiruvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, test jarayonining amaliy jihatlari, jumladan test topshiriqlari kitobi hamda javoblar varaqasi bilan ishlash bo‘yicha zarur tajribaga ega bo‘ldilar. Ushbu sinovlar bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...