Zulfiya Isroilova tavalludi

Zulfiya Isroilova tavalludi

1-mart — o‘zbek adabiyotining zabardast vakilasi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun! ✅Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyida atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar shoiraning vatanparvarlik, sadoqat, mehr-muhabbat, yurt mehnatkashlari hayoti, quvonch, baxt va hayotsevarlikni tarannum etuvchi she’rlaridan namunalar ijro etdilar. Shoira ijodi yuzasidan savol-javoblar tashkil etilib, bahri-bayt kechasi ko‘tarinki ruhda davom etdi. Shuningdek, shoira nomi bilan ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iqtidorli yosh qizlarga ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohalaridagi yutuqlari uchun topshirilishi alohida ta’kidlandi. Mazkur mukofot shoira merosining davomiyligi hamda uning ayollar uchun yuksak ilhom manbai ekanini yaqqol namoyon etadi. Zulfiya nafaqat iste’dodli shoira, balki faol jamoat arbobi sifatida ham samarali faoliyat yuritib, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlagan hamda milliy adabiyot va madaniyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Bahorning ilk kunlarida o‘tkazilgan ushbu tadbir o‘quvchilarni Zulfiya ijodi va uning boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar va ma’naviy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...