Yoshlar kuni
Yoshlar kuni
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat IIB ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik G‘. Esanov, IIB xodimi kapitan M. Bashirov, Kiberxavfsizlik boshqarmasi xodimi, leytenant O.Nabiyev hamda Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor-psixolog, leytenant E.Abdullayev ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilarga yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberxavfsizlik qoidalari, shuningdek, harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinish tartibi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Mazkur yo‘nalishlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, yoshlarning huquqiy ongi va axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...