Xalqaro ona tili kuni
Xalqaro ona tili kuni
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 2000-yilda UNESCO tashkilotining 30-sessiyasi qarori bilan 21-fevral — “Xalqaro ona tili kuni” etib belgilangani munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarning xorijiy tillarni chuqur va puxta o‘rganishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “Til bilgan el biladi” shiori ostida Tillar festivali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zbek, ingliz, nemis va rus tillarida she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi, shuningdek, turli tillardagi qiziqarli sahna chiqishlari namoyish etildi. Festival ishtirokchilarda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi va o‘quvchilarning ijodiy hamda til bilimi salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...