YUKSAK NATIJA — KENG IMKONIY...
YUKSAK NATIJA — KENG IMKONIYAT!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining 2-bosqich 212-guruh o‘quvchisi Abduxalilov Ravshan Uralovich xalqaro baholash tizimlarida yuksak natijalarga erishdi. U College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) xalqaro imtihonidan 1360 ball, shuningdek, IELTS xalqaro til imtihonidan 7.0 ball, rus tili va adabiyoti fanidan C+ darajadagi xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuqlar asosida Abduxalilov Ravshan muddatidan oldin, qo‘shimcha davlat granti asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun: SAT imtihonida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 75 foizi (1200 ball va undan yuqori) natijani qo‘lga kiritgan abituriyentlar sertifikat berilgan fanlar oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlari tarkibida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu yutuq — Nuriston akademik litseyida ta’lim sifati, ustozlar mehnati va o‘quvchilarning izchil mehnati samarasidir. Abduxalilov Ravshan Uralovichni va uning ustozlarini ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...