Dars mashg'uloti
Dars mashg'uloti
Qarshi davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Atamurodova Dilfuza rahbarligida QarDTU Nuriston akademik litseyida amaliyot o‘tayotgan Xorijiy tillar fakulteti nemis tili yo‘nalishi 3-bosqich 023-70-guruh talabalari Alimardonova Adiba hamda Jumayev Shaxzod tomonidan akademik litsey o‘quvchilari uchun “Internet im Alltag” (Internetning kundalik hayotimizdagi o‘rni) mavzusida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar internetdan kundalik hayotda foydalanish, uning afzalliklari va ehtiyot choralariga doir mavzular yuzasidan nemis tilida muloqot olib bordilar. Interaktiv metodlar, savol-javoblar hamda jamoaviy ishlash orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur amaliy dars o‘quvchilarda xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, shuningdek, talabalarning pedagogik tajribasini mustahkamlashga xizmat qildi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...