Zo‘ravonlik va tazyiqqa qars...
Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor N.Maqsadova hamda Qarshi shahar Mustaqillik MFY jamoatchilik vakili R.Xamitova ishtirok etdilar. Davra suhbatida zo‘ravonlik va tazyiqning turlari, ularning ijtimoiy-psixologik oqibatlari, huquqiy mas’uliyat hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. O‘quvchi-qizlarga amaliy misollar asosida tushuntirishlar berilib, savol-javoblar tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...