O‘quvchilar uchun amaliy bilimlar sayohati
Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyining bitiruvchi bosqich oʻquvchilari hamkor korxonalardan biri – Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasiga tanishuv sayohatiga bordilar.
Sayohat davomida oʻquvchilar korxonaning polietilenni qadoqlash va plyonka ishlab chiqarish sexlarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Nufuzli korxona faoliyati bilan tanishuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
