“Zakovat” bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

“Zakovat” bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

“Zakovat” bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida pedagog-o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” bilimlar bellashuvi tashkil qilindi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli bilim va malaka talab etuvchi savollarga javob berib, o‘zaro raqobat olib bordilar. Bellashuv yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir maqsadi pedagog-o‘qituvchilarning bilim salohiyatini oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bellashuvda ishtirok etgan barcha pedagoglarga minnatdorchilik bildiramiz va ularning faoliyatlarida yanada yuqori yutuqlar tilaymiz!