Kiberxavfsizlik mavzusida semi...

Kiberxavfsizlik mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi A. Meyliyev tomonidan akademik litsey o‘qituvchi va ishchi- xodimlari uchun “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatlarning oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilarga axborot xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet tarmog‘ida uchrashi mumkin bo‘lgan tahdidlar, fishing, virusli dasturlar, soxta saytlar va kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, kiberhujumlardan saqlanish, parollarni xavfsiz saqlash, ikki bosqichli himoyadan foydalanish hamda axborot madaniyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Seminar ishtirokchilarda kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ongni yanada oshirishga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...