Pedagog-o‘qituvchilar uchun ...

Pedagog-o‘qituvchilar uchun amaliy seminar darslari tashkil qilindi.

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida pedagog-o‘qituvchilarning xorijiy tillardan savodxonligini oshirish maqsadida amaliy-seminar darslari tashkil etildi. Seminarda ingliz va nemis tillari bo‘yicha amaliy mashqlar va ma’lumotlar taqdim etildi: 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Ingliz tilidan fan o‘qituvchisi G‘. Normahmatov o'qituvchilarga ingliz tilini nima uchun o‘rganish kerakligi haqida tushuntirdi, shuningdek, tilni samarali o‘rganishning amaliy usullari, grammatika va kundalik nutqda qo‘llash yo‘llari bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazdi. 🇩🇪Nemis tilidan S. Karimov Germaniyada Ausbildung qilish va o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. U shuningdek, o'quvchilar va pedagoglar uchun chet elda ta’lim va professional rivojlanishning muhim jihatlari va talablari haqida ham kengroq tushuntirdi. Hamkorlik va tajriba almashishga qaratilgan bunday seminarlar pedagoglar uchun xorijiy tillarni o‘rganish va malakasini oshirishda samarali imkoniyat yaratadi. Unda ishtirok etgan pedagoglar grammatikadan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, xorijiy ta’lim imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. 🔴Bunday seminarlar pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy o‘qitish metodlari va xorijiy tillarni samarali o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...