MUROJAATNOMA MAZMUN-MOHIYATIGA...
MUROJAATNOMA MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI.
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga qilgan navbatdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida akademik litsey o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda akademik litsey rahbariyati hamda pedagogik jamoasi ishtirok etdi. Jumladan, akademik litsey direktorining o‘rinbosarlari O.Norov, N.Yoriqulov hamda tarix fani o‘qituvchisi A.Hamidov tomonidan atroflicha ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzalar davomida Murojjatnomada belgilangan mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, seminar jarayonida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarni vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi va islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Murojaatnomada belgilangan vazifalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, uni o‘quv-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash bo‘yicha o‘zaro fikr almashuvlar amalga oshirildi. Tadbir pedagoglar uchun nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etdi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...