Ota - onalar yig'ilishi bo'lib...
Ota - onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida nemis tili 1-til sifatida chuqurlashtirib o‘qitiladigan guruhlar o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlandi. Shuningdek, akademik litseyning Germaniya Federativ Respublikasining PASCH – maktablar kelajak hamkorlari loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik natijalari taqdim etildi. Jumladan, 2-bosqich o‘quvchisi Eshpo‘latov Doston Germaniyada o‘tkazilgan yozgi nemis tili kurslarida ishtirok etish tajribasi bilan o‘rtoqlashgan bo‘lsa, 2-bosqich o‘quvchisi Mahmanabiyev Abbos esa Germaniyaning Saksoniya o‘lkasida “Nemis tili bilan dual kasb-hunar ta’limi: bemorlarni parvarishlash” mavzusidagi “Kuzgi kampus” axborot safari doirasida olgan bilim va taassurotlari haqida taqdimot qildi. Yig‘ilish davomida Gyote institutining A2, B1 va B2 darajadagi sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilarning natijalari muhokama qilinib, erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan reja va chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur yig‘ilish ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning xalqaro imkoniyatlarini kengaytirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...