Ota-onalar yig‘ilishi va taq...

Ota-onalar yig‘ilishi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi hamda taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonda erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ichki test sinovlarida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar, ona tili, rus tili, ingliz va nemis tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar, shuningdek, ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash hamda ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirning keyingi qismida barcha guruhlarda alohida ota-onalar yig‘ilishlari o‘tkazilib, o‘quvchilarning o‘qish jarayoni, intizomi, davomat holati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Yig‘ilishlar yakunida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur tadbir o‘quvchilarni yanada yuksak natijalarga undash, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...