Baxt qalbimizda, kelajak qo‘...

Baxt qalbimizda, kelajak qo‘limizda

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida «Baxt qalbimizda, kelajak qo‘limizda» mavzusida akademik litsey psixologlari M.Mamadiyorova hamda N.Sharopovalar tomonidan psixologik trening o‘tkazildi. Trening doirasida ishtirokchilarga baxt tushunchasining individual va ijtimoiy jihatlari bo‘yicha fikr yuritish imkoni yaratildi. Tadbir ishtirokchilari «Baxt bu nima?» savoli yuzasidan o‘z qarashlari va shaxsiy munosabatlarini bayon qilib, mavzuli muhokamada faol ishtirok etishdi. Shuningdek, trening doirasida «Kayfiyat ulashamiz» nomli interaktiv mashq amalga oshirildi. Unda o‘quvchi va o‘qituvchilar smayllarda aks etgan yuz ifodalarini tahlil qilish va emotsional holatlarni anglash bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdi. Trening akademik litseyda sog‘lom psixologik muhitni mustahkamlashga, o‘quvchilarning emotsional barqarorligini oshirishga hamda o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...