Zakovat intellektual bellashuv...

Zakovat intellektual bellashuvi

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi shahar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda Qarshi shahridagi umumta’lim maktablari va akademik litsey jamoalari ishtirok etib, bilim, zehn va intizom borasida o‘zaro bellashdilar. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi — senator K.Z. Karomova ishtirok etdi. Senator o‘z nutqida yoshlarda huquqiy ong va fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda g‘olib jamoalarni taqdirlab, ularga zexnlilik, tashabbuskorlik va bilimga intilishga bo‘lgan harakati uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...