G'oliblar
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi o'quvchilarining 7 nafari 2-guruh fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida sovrinli o'rinlarni egalladilar.
Ulardan 4 nafari asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.
Abdujabborova Zarnigor - 1-bosqich o'quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli I o‘rinni;
Ibodillayev Maxmudjon - 1-bosqich o‘quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni;
Bahodirov Odilbek - 1-bosqich o‘quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli III o‘rinni;
Jo‘rayeva Rayhona - 2-bosqich o‘quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni;
Mahmanabiyev Abbos - 2-bosqich o‘quvchisi, nemis tili fani bo‘yicha faxrli III o‘rinni;
Eshonqulova Baxtiniso - 2-bosqich o'quvchisi, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni;
Xayriddinova Shahrizoda - 2-bosqich o‘quvchisi, rus tili va adabiyot fani bo'yicha faxrli II o‘rinni;
✅Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini tabriklaymiz! Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin! Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etadigan o‘quvchilarimizga sovrindorlar qatorida bo‘lishlarida omad yor bo‘lsin!
