Akademik litsey tashkil topgan...

Akademik litsey tashkil topganligining 25 yilligi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida ta’lim muassasasi tarixida muhim o‘rin tutadigan bir qator tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Akademik litsey tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram dasturi katta ma’naviy ruh va yuksak kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tadbirning dastlabki qismida akademik litseyning 25 yil davomidagi faoliyati, erishilgan yutuqlari, o‘tmishdan kelajakka bog‘langan ta’lim an’analari, bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari, salmoqli natijalar haqida ma’lumotlar berildi. Akademik litsey jamoasining fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, 1-bosqich o‘quvchilarining ramziy “O‘quvchilik qasamyodi” tantanali ravishda qabul qilindi. Ushbu marosim o‘quvchilarning ilk qadamlarini mustahkamlab, ularni bilim olishga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat bilan yondashishga chorlaydigan ma’naviy ahamiyatga ega tadbir sifatida o‘tdi. Tadbirlar yakunida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi, fan olimpiadalaridagi ishtiroki, jamoat ishlarga qo‘shayotgan hissasi uchun ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnomalar, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Kunning ikkinchi yarmida 1-bosqich o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda ta’lim jarayoni, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, intizom va qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ta’limda samaradorlikka erishish borasidagi taklif va mulohazalar ham tinglandi. Bugungi tantanalar Nuriston akademik litseyida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining amaliy samarasi, yoshlarga berilgan yuksak e’tibor va qadr-qimmat ifodasi sifatida yuqori saviyada o‘tdi. Akademik litsey o‘zining 25 yillik sharafli yo‘lini davom ettirib, bilimli, tashabbuskor va faol avlodni voyaga yetkazishda mustahkam qadamlar bilan olg‘a yurmoqda.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...