Konstitutsiyasi qabul qilingan...

Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi 60-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida «Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» mavzusida bosh g‘oyani mujassam qilgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar uchun Konstitutsiyaning ahamiyati, uning negizida belgilangan inson huquq va erkinliklarining mohiyatini yanada chuqurroq tushuntirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari — Xudoyorova Gulshana Berdinazarovna, Xayitov Xushvaqt Saparbayevich va Mamajonov Jahongir Dehqonovichlar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Deputatlar o‘z ma’ruzalarida Konstitutsiyaning yangi tahririda belgilangan asosiy g‘oyalar, inson qadrini ulug‘lash va adolat tamoyillarini amalda ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, yoshlarga oid davlat dasturlari va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Shu bilan birga, qonun ijodkorligi jarayoni, yangi qonunlar qabul qilinishidagi ehtiyojlar va parlament faoliyati haqida ham qiziqarli faktlar keltirishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini bevosita deputatlarga berdilar, fikr va takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu muloqot yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga xizmat qildi.

...

ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...

...

TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...

...

XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...

...

ZAKOVAT

Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...