Maʼrifat ulashib
Bugun Neft-gaz va geologiya fakulteti faollar zalida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida el ardogʻidagi ijodkorlar – Amirqul Karim, Abduhamid Muxtorov va Zikrillo Neʼmatov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir nomidan ham anglash mumkinki, yoshlarning maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ularda vatanparvarlik tuygʻularini tobora kuchaytirish muhim masaladir. Maʼrifatli inson kelajakning haqiqiy poydevorini bunyod eta oladi.
Ijodkorlarning yoshlar bilan muloqoti jonli ruhda, shoirona shukuhda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Vatan, yurt sogʻinchi, mehr-muhabbat mushoirasi barchaga xushnudlik ulashdi.
