Rektor tashrifi

Rektor tashrifi

Rektor tashrifi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi majlislar zalida akademik litsey bitiruvchilarini universitetga jalb etish maqsadida "Rektor soati" uchrashuvi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. QarDTU rektori, f.m.f.d., professor Sh.Q. Nematov tadbirni ochib berdi va o‘z nutqida universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-innovatsion muhitni kuchaytirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, litsey bitiruvchilarini universitetda o‘qishga da’vat etib, ularga ta’lim va ilm sohasida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar tomonidan universitetdagi bakalavriat va magistratura dasturlari, kredit-modul tizimidagi o‘quv jarayoni, xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy laboratoriyalar va ta’lim infratuzilmalari, universitetda dars jarayonlarini zamonaviy usullarda tashkil etish, elektron ta’lim platformalaridan foydalanish va o‘quv-uslubiy materiallarni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari, agrotexnologik yo‘nalishlar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangi ilmiy ishlanmalar va talabalar uchun amaliyot bazalari haqida, iqtisodiy yo‘nalishlardagi ta’lim imkoniyatlari, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va yoshlarda tadbirkorlik qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha universitetda amalga oshirilayotgan ishlari va talabalarning chet tillarini mukammal o‘rganishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy grantlar va akademik mobillik dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida iqtidorli o‘quvchilar universitet rektori tomonidan taqdirlandi, ishtirokchilarga universitet faoliyati haqidagi broshyuralar tarqatildi. Ushbu targ‘ibot tadbiri akademik litsey va Qarshi davlat texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.