Kimyo fanidan ochiq dars
Kimyo fanidan ochiq dars
Akademik litseyda Tabiiy fanlar kafedrasi fan oyligi doirasida kimyo fani o‘qituvchisi L.Yo‘ldosheva tomonidan 1-bosqich 106-guruh o‘quvchilari bilan “Atom tarkibi. Yadro reaksiyalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda atom tuzilishi, uning zaryadlanish jarayoni hamda radioaktiv moddalarning tabiati va ularning hayotdagi ahamiyati haqida chuqur bilim va tasavvur hosil qilishdan iborat bo‘ldi. Ochiq dars jarayonida o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va vizual vositalardan samarali foydalanib, mavzudagi nazariy bilimlarni amaliy misollar bilan boyitdi. Darsda o‘quvchilar atom strukturasi, elementlar izotoplari va radioaktiv moddalar turlari haqidagi ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish va ularni hayotiy misollar bilan bog‘lash ko‘nikmasini namoyon etdilar. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar savol-javoblar va test topshiriqlari orqali o‘z bilimlarini namoyish etishdi. Dars qiziqarli, mazmunli va o‘quvchilar uchun foydali tarzda o‘tdi. Dars jarayoni kafedra a’zolari tomonidan kuzatilib, uning yuqori saviyada tashkil etilgani, o‘qituvchining metodik mahorat hamda ta’limiy-tarbiyaviy yondashuvi alohida ta’kidlab o‘tildi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...