Tabiiy fanlar kafedrasi fan oy...
Tabiiy fanlar kafedrasi fan oyligi
QarDTU Nuriston akademik litseyida Tabiiy fanlar kafedrasi fan oyligi doirasida 1-kurs 106 va 107-guruh o‘quvchilari o‘rtasida biologiya fanidan “Tiriklik atrofimizda” mavzusida viktorina kechasi tashkil qilindi. Tadbir viktorina savollari va amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning biologiya fanidan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviy ishlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilar biologiya fanidan laboratoriya ishlarini ham bajarishdi. Ular baliqlarning ichki organlarini tuzilishi va funksiyalari bo‘yicha amaliy ish olib borishdi hamda bu yo‘nalishda bilish darajalari bo‘yicha bellashdilar. Laboratoriya bosqichi o‘quvchilarning amaliy tajribasini oshirish, kuzatuvchanlik va ilmiy tahlil ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, viktorina savollari orqali biologiya fanining turli bo‘limlariga oid bilimlar sinovdan o‘tkazildi. Tadbir qiziqarli va ilmiy ruhda o‘tdi, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Kecha yakunida faol va eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir fan oyligi doirasida o‘quvchilarning tabiat fanlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliy tajribasini boyitishda muhim tadbir bo‘ldi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...