Qadring baland bo‘lsin, ona ...
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim
Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qarshi DTU “Nuriston” akademik litseyi yoshlar bilan ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Yoriqulovning so‘zlagan nutqi bilan boshlandi. So‘ng Nuriston akademik litseyi dotsenti F.Rajabov “Turli til bayramlari va tilimiz ko‘rki” mavzusida ma’ruza qildi. Unda dunyo aholisining katta qismi so‘zlashadigan 6 til: ingliz, arab, rus, fransuz, xitoy, ispan, shuning, turkiy xalq tillaridan ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz tillari bayrami nishonlanish kunlari va sabablari, tilimizning ko‘rki bo‘lgan barqaror birikmalar, sinonimlar va boshqa til birliklari haqida nazariy-amaliy fikrlar keltirib o‘tildi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti professori X.Jabborov tashrif buyurib, “O‘zbek terminologiyasining muammolari va yechimlari” mavzusida ma'ruza qildilar. Ma’ruzada o‘zbek tilida qo‘llanib kelayotgan terminlar hamda tilimizga o‘zlashayotgan yangi terminlarni milliylashtirib singdirish yo‘llari taklif etildi, shuningdek, tilimizning nufuzini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, dunyo xalqlari orasidagi o‘zbek tilining o‘rni haqida gapirildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan tilimizni madh etuvchi she’rlar, milliy raqslar, “O‘zbekiston” qo‘shig‘i taqdim etildi. Tadbir so‘ngida o‘zbek tiliga oid qiziqarli savollar berilib, savollarga tezkorlik bilan javob bergan o‘quvchilarga ilmiy, badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...