5 muhim tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” doirasida Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar jamoasi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bo‘ldilar.
Yozuvchi Xayriddin Sulton asari asosida rejissor F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Uyg‘on bolam” nomli dramasi teatr ijodkorlari tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Bugungi kunning o‘tkir dolzarb muammolari va yechimlariga hamda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan sahna asari akademik litsey jamoasiga katta taassurot qoldirdi.
