Xalqaro qizlarni himoya qilish kuni
“Xalqaro qizlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi shahar bo‘limi rahbari Sh.Haydarova ishtirok etdi.
Davra suhbati “Qizlar kelajakni tanlaydi” mavzusida tashkil etilib, unda qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim va kasb tanlashdagi mas’uliyati, shuningdek, ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topish yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir qizlar uchun motivatsion ruhda o‘tdi va ularni faollikka, bilim olishga hamda o‘z orzulari sari qat’iyat bilan intilishga undadi.
