Ixtirochi xotin-qizlarning inn...
Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi
Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi Nuriston akademik litseyida “Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodni ixtirochilik faoliyatiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida Ishankulova Gavhar Norqulovna – Qarshi davlat texnika universiteti rektoriing xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, dotsent, Xakimova Muabara Xalilovna – Qashqadaryo viloyati “Ixtirochi ayollar” uyushmasi raisi, professor, Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna – Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti nomzodi, hamda Bo‘riyeva Surayyo Jovliyevna – Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti ishtirok etdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida mehmonlar xotin-qizlarning fan va innovatsiyalar sohasidagi ishtiroki, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari hamda iqtidorli yosh qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali yo‘llari haqida so‘z yuritdilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari ilmiy va ijodiy faol bo‘lgan qizlarni rag‘batlantirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berdilar.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...