Sentabr oyi sarhisobi
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan sentabr oyi yakunlari bo‘yicha taqdirlash tadbiri tashkil qilindi.
Ichki test natijalarga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, sentabr oyi davomida turli tadbirlarda, “Zakovat” intellektual oyini g’oliblari, ilmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar e’tirof etildi.
