1-oktabr - “O‘qituvchilar ...
1-oktabr - “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”
Hurmatli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati va jamoasi! Menga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va ishonch — 1-oktabr - “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishim men uchun beqiyos sharaf va mas’uliyat bo‘ldi. Bu mukofotni men faqat shaxsiy mehnatimning emas, balki hamkasblarim, ustozlarim va butun ta’lim jamoasi bilan birgalikda amalga oshirgan sa’y-harakatlarimizning samarasi sifatida qabul qilaman. Vazirlik tomonidan ta’lim sohasi xodimlariga berilayotgan bu yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik biz ustozlarni yanada g‘ayrat va mas’uliyat bilan ishlashga, yosh avlod tarbiyasiga bor bilim va kuchimizni bag‘ishlashga undaydi. Shu o‘rinda, yurtimiz taraqqiyoti va yoshlar ma’naviy-ilmiy kamoloti yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga doimo tayyorman. Menga bildirilgan ishonch va e’tirof uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Hurmat bilan, QarDTU Nuriston akademik litseyi direktori A.Kudratov
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...