Kiberjinoyat, uning kelib chiq...
Kiberjinoyat, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilarning huquqiy bilimini oshirish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish va internetdagi turli tahdidlardan ogoh etish maqsadida yurtimizda o‘tkazilayotgan oylik doirasida “Kiberjinoyat, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusida amaliy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi Kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i A.Xidirov, boshqarma ma’sul xodimi B.Rajabov, akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi. Suhbat davomida kiberjinoyat turlari, ularning kelib chiqish sabablari, yoshlar o‘rtasida internetdan noto‘g‘ri foydalanishning salbiy oqibatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga voqeiy hayotdan misollar keltirib, feyk akkauntlar, internet qallobliklari va ularning huquqiy javobgarligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar. Shuningdek, yoshlarning kiberjinoyat qurboniga aylanmasligi uchun amaliy tavsiyalar ham berildi. Tadbir yakunida o'quvchilarning savollariga javob qaytarilib, ularning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi buklet va qo‘llanmalar tarqatildi. Davra suhbati yoshlarni axborot makonida xavfsiz faoliyat yuritishga yo‘naltirish, ularning huquqiy va axborot madaniyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...