Davra suhbati
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi shahar bo‘limi rahbari Sh.Haydarova hamda akademik litsey xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Pardayeva va o‘quvchi-qizlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, internet orqali sodir etiladigan kiberjinoyatlardan himoyalanish, oilaviy nizolarni huquqiy yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, jinoyatchilikka qarshi kurashishda birinchi navbatda oiladagi tarbiya, ma’naviy muhit va bilimning o‘rni beqiyos ekani aytib o‘tildi. Suhbat yakunida ishtirokchilarga huquqiy ma’rifatni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi va taqdimot materiallari tarqatildi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodda qonunbuzarlikka qarshi ongli immunitetni shakllantirish va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
