Gyote instituti
Oldin xabar berganimizdek, akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari Germaniyaning Gyote instituti “Pasch-maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi bilan hamkor ta'lim muassasasi bo'lganligi uchun Germaniya davlatida 1 oylik yozgi kurslarda malaka oshirish va til kurslarida ishtirok etishi belgilangan.
2025-yilda ushbu yozgi kurslarda akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi Eshpo‘latov Doston Germaniyaning Bavariya o‘lkasidagi Benediktbauern shahrida yozgi til kurslarida ishtirok etdi va yetarli til ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘ldi.
Shu munosabat bilan o‘quvchizga Germaniyada yozgi lagerda ishtirok etish imkonini bergan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga, Toshkentdagi Gyote instituti rahbariyatiga, shuningdek, “Pasch-maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi xodimlariga va albatta Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
